Siyosat

"O‘zbekiston Turkmanistonning muhim savdo hamkorlaridan biridir" — Gurbanguli Berdimuhamedov

O‘zbekiston va Turkmaniston eng yaqin qo‘shni, birodar mamlakatlar, vaqt bilan sinalgan ishonchli do‘st va hamkorlardir.

"O‘zbekiston Turkmanistonning muhim savdo hamkorlaridan biridir" — Gurbanguli Berdimuhamedov

 

 

Bugun Ko‘ksaroy qarorgohida O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentining rasmiy uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

 

Ommaviy axborot vositalari vakillari bilan uchrashuvda Prezident Shavkat Mirziyoyev muzokaralar samarali va sermazmun bo‘lganini, davlat rahbarlari ikki tomonlama hamkorlikni rivojlantirishning barcha yo‘nalishlarini muhokama qilganlarini taʼkidladi. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

 

 

- Turkmaniston bilan hamkorlikda xalqlarimizning ko‘p asrlik do‘stligi, tarixiy va madaniy o‘xshashligi, dini, maʼnaviy qadriyat va anʼanalari mushtarakligiga asoslangan strategik sheriklik darajasiga erishilganini yuksak qadrlaymiz. Bugungi muzokaralar natijalari hamkorlikni yana-da mustahkamlashga intilishimiz samimiyligi va qatʼiyligini yana bir bor yaqqol ko‘rsatdi. Birodar Turkmaniston bilan yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini yana-da mustahkamlash O‘zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo‘nalishi ekanini alohida taʼkidlamoqchiman, – dedi Shavkat Mirziyoyev.

 

Davlatimiz rahbari O‘zbekiston-Turkmaniston munosabatlari, ayniqsa savdo-iqtisodiy sohada ijobiy surʼat bilan rivojlanib borayotganini mamnuniyat bilan qayd etdi. Keyingi yillarda mamlakatlarimiz o‘rtasidagi tovar ayirboshlash uch barobar ortdi. Pandemiya oqibatlariga qaramay, 2021-yilning o‘tgan davrida o‘zaro savdo hajmi yigirma besh foizga oshdi.

 

 

Bundan tashqari, tashrif doirasida o‘tgan O‘zbekiston-Turkmaniston iqtisodiy forumida kelishuvlar va qatʼiy shartnomalarning salmoqli to‘plami imzolandi.

 

Prezidentimiz bugun imzolangan Chegaraoldi savdo zonasini tashkil etish to‘g‘risidagi bitim, shuningdek, uchinchi mamlakatlarda kelayotgan importning o‘rnini O‘zbekiston va Turkmanistonda ishlab chiqarilayotgan va ikki mamlakat bozorlarida talab yuqori bo‘lgan raqobatbardosh mahsulotlar bilan bosishga doir kelishuv o‘zaro savdoni ko‘paytirishga xizmat qilishini taʼkidladi.

 

 

Sanoat kooperatsiyasini rivojlantirishga alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar energetika, qishloq xo‘jaligi, sanoat, kimyo, transport va logistika sohalarida o‘zaro manfaatli hamkorlikni kengaytirish va aniq loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

 

Hududlararo sheriklikni faollashtirish masalalari ham muhokama qilindi. Chegaradosh viloyatlar o‘rtasidagi muntazam bevosita muloqot hamda har yili O‘zbekiston va Turkmaniston hududlari forumini o‘tkazish iqtisodiy hamkorlikni o‘stirishning yangi drayveri bo‘lib xizmat qilishi borasida yakdil fikr bildirildi. Bunday formatdagi ilk uchrashuv kelgusi yilda Xivada o‘tkaziladi.

 

Davlat rahbarlari transport sohasidagi hamkorlikni mustahkamlash zarurligini taʼkidladilar. O‘zaro yuk tashish hajmi ortganini qayd etib, tomonlar transport yo‘laklaridan samarali foydalanish uchun bundan buyon ham qulay sharoitlar yaratishga, shuningdek, Shimol-Janub va G‘arb-Sharq yo‘nalishlaridagi o‘zaro bog‘liqlikni mustahkamlashga xizmat qiladigan infratuzilmaviy loyihalarni amalga oshirishga kelishib oldilar.

 

Suv resurslari va ekologiya mavzusi, iqlim o‘zgarishi masalalari mamlakatlarimiz iqtisodiyotlari uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Shu munosabat bilan Prezident Shavkat Mirziyoyev Suv xo‘jaligi masalalari bo‘yicha O‘zbekiston-Turkmaniston qo‘shma komissiyasi o‘z ishini boshlaganini mamnuniyat bilan qayd etdi.

 

Muzokaralar kun tartibidan mintaqaviy xavfsizlikni taʼminlash masalalari muhim o‘rin egalladi.

 

O‘zbekiston va Turkmaniston Prezidentlari butun Markaziy Osiyo mintaqasining barqaror rivojlanishiga taʼsir ko‘rsatayotgan Afg‘onistondagi vaziyat yuzasidan fikr almashdilar.

 

 

Shu maʼnoda davlat rahbarlari Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Maslahat uchrashuvlarini muntazam asosda o‘tkazib borish hamda joriy yil 5-6 avgust kunlari Avazada o‘tgan uchrashuvda erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish muhim ekanini taʼkidladilar.

 

Yetakchilar mintaqaviy va xalqaro tuzilmalar doirasidagi yaqin muloqotni davom ettirishga kelishib oldilar.

 

Ikki mamlakat madaniy, ilmiy va sport doiralari o‘rtasidagi almashinuvlarni davom ettirish, yoshlar uchrashuvlari va forumlarini o‘tkazish, yoshlar tashkilotlari o‘rtasida yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish muhimligi qayd etildi. Bularning barchasi birodar xalqlarimizni yana-da yaqinlashtirishga xizmat qiladi.

 

Tomonlar tibbiy diplomatiyaning maqsad va vazifalarini birgalikda ilgari surishga, mamlakatlarimiz xalqlari va butun mintaqaning xavfsizligini taʼminlash uchun o‘zaro muvofiqlashga yondashuvni ishlab chiqishga kelishdilar.

 

 

Prezident Gurbanguli Berdimuhamedov muzokaralar natijalaridan mamnun ekanini bildirdi, ikki tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasi yuzasidan ishonchli va konstruktiv fikr almashilganini taʼkidladi.

 

 

- O‘zbekiston Turkmanistonning muhim savdo hamkorlaridan biridir. O‘zbekistonga bu galgi rasmiy tashrifning asosiy maqsadi – hurmatli Prezident, mening do‘stim Shavkat Mirziyoyevni, uning rahbarligida mamlakatning davlat tizimida, ijtimoiy-siyosiy va sotsial-iqtisodiy hayotining barcha sohalarida amalga oshirilayotgan islohotlarni men qatʼiy qo‘llab-quvvatlashimni namoyish etish, – dedi Turkmaniston Prezidenti.

 

Gurbanguli Berdimuhamedov Shavkat Mirziyoyevga Turkmaniston delegatsiyasiga ko‘rsatilayotgan samimiy mehmondo‘stlik va do‘stona qabul uchun minnatdorlik bildirdi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev Afg‘on xalqiga zarur insonparvarlik yordamini ko‘rsatishni davom ettirishga tayyorligini aytgandi. Shuningdek, Turkmaniston Prezidenti Toshkentga kelgani, Shavkat Mirziyoyev va Gurbanguli Berdimuhamedovning tor doiradagi muzokaralari boshlangani va muzokaralar ikki mamlakat rasmiy delegatsiyalari ishtirokidagi kengaytirilgan tarkibda davom etgani hamda O‘zbekiston va Turkmaniston o‘rtasida 23 ta hujjat imzolangani haqida xabar berilgandi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"