"Lada 11184" haydovchisi velosipeddagi fuqaroni urib yubordi. Jabrlanuvchi halok bo‘ldi
Poytaxtimizning Yashnobod tumanida o‘lim bilan tugagan yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Bu haqda Toshkent shahar IIBB xabar qildi.


Maʼlum qilinishicha, shu yilning 5-oktabr kuni soat taxminan 21:00 larda Yashnobod tumani, "Jarqo‘rg‘on" ko‘chasida 1998-yilda tug‘ilgan A.J. "Lada 11184" rusumli avtomobilni ishonchnoma asosida boshqarish davomida transport vositalari uchun kutilmaganda chapga burilgan velosipeddagi fuqaroni urib yuborgan.
To‘qnashuv oqibatida velosipedni boshqarib ketayotgan, 1985-yilda tug‘ilgan R.S. badan shikastlari tufayli vafot etgan.
Qayd etilishicha, mazkur holat bo‘yicha Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Qamchiq dovonida 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘lgani, Sirdaryoda haydovchining uxlab qolishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani, Bo‘stonliqda 150 metr balandlikdan “Spark” jarlikka tushib ketgani hamda Toshkent viloyatida yuk avtomobillar to‘qnashib ketgani haqida xabar berilgandi.







