Jamiyat

2022 yilda SHHT — Afg'oniston oliy darajadagi uchrashuvlari tashkil etilishi mumkin

Bu haqda SHHT bo‘yicha O‘zbekiston milliy koordinatori Rahmatulla Nurimbetov maʼlum qildi.

2022 yilda SHHT — Afg'oniston oliy darajadagi uchrashuvlari tashkil etilishi mumkin

 

"Hozirda SHHT tizimi bo‘yicha toliblar bilan aloqa o‘rnatilmagan. Ammo Afg‘oniston tashkilotda kuzatuvchi maqomini saqlab qolgan.

SHHTning barcha aʼzolari tan olgan va kelishgan holatda “Tolibon” tashkilotning keyingi yig‘ilishlarida ishtirok etishi mumkin", — degan Nurimbetov.

 

Maʼlumot o‘rnida: Afg‘oniston Shanxay hamkorlik tashkilotida kuzatuvchi maqomga ega. 2021 yil Dushanbedagi SHHT sammitida Afg‘oniston vakillari qatnashmadi. “Tolibon” harakati o‘z navbatida barcha davlatlar va xalqaro tashkilotlar bilan munosabatlarni saqlab qolishga va rivojlantirishga tayyorligini bildirgan.

 

Bundan avval toliblar G‘arbni sanksiyalarni bekor qilishga chaqirgani  hamda “Tolibon” delegatsiyasi Turkiyaga borgani xabar qilingandi.

 

Jahongir Qo'ziyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"