Jamiyat

Tadbirkorga koʻp qavatli uy qurilishini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda DXXning Sirdaryo viloyati boshqarmalari tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tezkor tadbir oʻtkazildi.

Tadbirkorga koʻp qavatli uy qurilishini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlandi

 

Tekshiruvda  muqaddam firibgarlik jinoyati uchun sudlangan fuqaro R.R. “A.R.” MCHJ  rahbarining ishonchiga kirib, unga Jizzax viloyati Zafarobod tumanida koʻp qavatli uylar qurilishi rejalashtirilganligini aytgan. Shundan 5 qavatli 1 ta uy qurish uchun shartnoma tuzishda tanishlari orqali yordam berishini vaʼda qilgan. Buning  evaziga  esa undan firibgarlik yoʻli bilan 5 000 AQSH dollarini olgan vaqtida  ashyoviy dalillar bilan ushlandi. 
 

Hozirda holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib oʻtamiz, bundan avval zaxiradagi yer maydonini sotmoqchi boʻlgan firibgar ushlangani va Boʻstonliq tumanida 5 gektar yerni 150 ming AQSH dollariga olib berishni vaʼda qilgan shaxs qoʻlga olingani haqida xabar berilgandi. 

 

Shuningdek, Jarqoʻrgʻon tumanida zaxiradagi yerni sotmoqchi boʻlgan firibgarga jazo qoʻllanilgandi.

 

Choʻlponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"