Qashqadaryoda birovning uyiga mehmonga kelgan shaxs mashina o‘g‘irlab qochib ketdi
Qashqadaryo viloyat IIB xabariga ko‘ra, Dehqonobod tumani “Bo‘ston” mahallasida yashovchi fuqaro X.K. 102 xizmatiga murojaat qildi.

Maʼlum bo‘lishicha, 2021-yil 17-oktabrdan 18-oktabrga o‘tar kechasi tumanning “O‘zbekiston” mahallasida yashovchi J.D. uyiga mehmonga kelib, yotib qolib, tunda hamma uxlab yotganidan foydalanib, “Nexia” rusumli avtomashinasi va bir dona bahosi 500 ming so‘mlik telefon apparatini olib qochib ketganini bildirgan.
Taʼkidlanishicha, Ichki ishlar organlari xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor tadbirlar natijasida “Nexia” rusumli avtomashina shu kuni soat 11:30 atrofida tumanning “Ayridevol” mahallasidan texnik soz holda topilgan.
Hozirda mazkur holat yuzasidan Dehqonobod tumani IIB TB tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Avvalroq Surxondaryoda telefon o‘g‘risi ushlangani, Namanganda 48 yoshli ayolning velosipedi o‘g‘irlab ketilgani, Rossiyada o‘zbekistonlik erkak o‘g‘irlangan mashinada avtohalokatga uchragani hamda Toshkentda shinalar o‘rniga g‘isht qo‘yib ketayotgan o‘g‘irilar qo‘lga tushgani haqida xabar berilgandi.







