Jamiyat

Yakkasaroy tumanida  sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi

Maʼlum bo‘lishicha, Toshkentda “Lacetti” yuqori tezlikda avtobusga urilishi natijasida bir kishi halok bo‘ldi.

Yakkasaroy tumanida  sodir bo‘lgan YTHda haydovchi vafot etdi

 

Bu haqda Toshkent shahar IIBB rasmiy maʼlumot berdi.

 

Qayd etilishicha,  27 oktyabr kuni taxminan soat 00:10 da Yakkasaroy tumani Shota Rustaveli ko‘chasida Lacetti‘ni ishonchnoma asosida boshqarib borgan 25 yoshli M.M. boshqaruvni yo‘qotib, mashina yo‘l chetida to‘xtab turgan 57 yoshli Sh.X. boshqaruvidagi “Mercedes-Benz” avtobusi bilan to‘qnashgan.

 

To‘qnashuv oqibatida “Lacetti” haydovchisi voqea joyida hayotdan ko‘z yumdi.

 

Hozirda mazkur maʼlumot  bo‘yicha Toshkent shahar IIBB xodimlari tomonidan tergov oldi tekshiruvi olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Bo‘stonliqda 150 metr balandlikdan “Spark” jarlikka tushib ketdi, haydovchisi omon qolgani hamda Qamchiq dovonida “Cobalt” ag‘darilib ketgandi.   Shuningdek,  “Qamchiq” da “Nexia” yo‘lovchisi pastlikka tushib ketgani haqida xabar berilgandi.

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"