Prezidentning inauguratsiya marosimi — Oman nigohida
Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi demokratik tamoyillarga asoslangan holda milliy anʼana va qadriyatlarga mos ravishda o‘tkazildi.

Omаnda nashr etiladigan "Asdaa Oman" gazetasi bosh muharriri Ali al-Hasaniy O‘zbekiston Prezidenti etib saylangan Shavkat Mirziyoyevning lavozimga kirishishiga bag‘ishlangan tantanali marosim haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
- Bugun O‘zbekiston tarixidagi muhim siyosiy voqeaga guvoh bo‘ldik. Mamlakat Prezidenti lavozimiga qayta saylangan Shavkat Mirziyoyevning rasmiy inauguratsiya marosimi demokratik tamoyillarga asoslangan holda milliy anʼana va qadriyatlarga mos ravishda o‘tkazildi.
Dunyo hamjamiyati Prezident Shavkat Mirziyoyevning xalqaro miqyosda ilgari surayotgan muhim tashabbuslari, do‘stlik va teng huquqli sheriklikka asoslangan tashqi siyosati, mamlakat va xalq ravnaqi yo‘lida olib borayotgan ichki siyosati, pandemiya sharoitida aholi salomatligini asrash va iqtisodiyotni rivojlantirish maqsadida ko‘rayotgan chora-tadbirlarini haqli ravishda eʼtirof etmoqda.
Men fursatdan foydalanib, O‘zbekiston Prezidenti va xalqiga o‘zimning samimiy tilaklarimni izhor etaman. O‘zbekiston va Omаn o‘rtasidagi munosabatlar bundan buyon ham izchil rivojlanib, taraqqiy etishiga ishonamiz.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilgani hamda inauguratsiyasi sanasi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.







