Jamiyat

Andijonda “dorifurushlar” kirdikorlari fosh etildi

Ular 325 000 so‘m pul evaziga Andijon shahrida yashovchi fuqarodan sotib olgan.

Andijonda “dorifurushlar” kirdikorlari fosh etildi

 

Andijon viloyat IIB JQB giyohvandlik vositalari bilan qonunga xilof ravishda muomala qilishga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Viloyat IIB axborot xizmatining maʼlum qilishicha, Paxtaobod tumani yashovchi fuqaro M.S.ning yoni ko‘zdan kechirilganida 2 dona “Tropikamid” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari borligi maʼlum bo‘ldi. Surishtiruv ishlari davomida fuqaro M.S. mazkur dori vositalarini 325 000 so‘m pul evaziga Andijon shahrida yashovchi fuqaro M.N.dan sotib olganligi aniqlandi.

 

Tadbir davomida M.N.ning yashash xonadonidan 11 dona “Tropikamid 10 ml”, 9 dona “Tropikamid 5 ml” 18 dona “Lirika” va 8 dona “Regapen” nomli kuchli taʼsir etuvchi dori vositalari olindi.

 

Hozirda mazkur holat yuzasidan dastlabki hujjatlar rasmiylashtirilib, tezkor-surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, Shirin shahrida kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarini sotayotgan shaxs ushlangani, zangiotalik fuqaro 915 million so‘mlik “Remdesivir” dori vositasini 12 ming dollarga sotishga uringani, kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yilgani hamda Toshkentda kuchli taʼsir etuvchi dori vositalarini sotayotgan dorixonalar aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Andijonda “dorifurushlar” kirdikorlari fosh etildi | Zamon.uz