Jamiyat

Denovda ikkita “Nexia” to‘qnashib ketdi

Ijtimoiy tarmoqlarda oq va qora rangli “Nexia” rusumli avtomobillar to‘qnashuvi tasvirlangan videoroliklar tarqaldi(Video).

Denovda ikkita “Nexia” to‘qnashib ketdi

 

Mazkur yo‘l transport hodisasi haqida batafsil maʼlumot berildi.

 

Aniqlanishicha, baxtsiz hodisa 2021 yil 8 noyabr kuni soat 16:37 da Surxondaryo viloyati, Denov tumani, “Tasmasoy” M.F.Y. hududidan o‘tuvchi 4R-100 avtomobil yo‘lining 168-kilometrida sodir bo‘lgan.

 

Haydovchi 1997 yilda tug‘ilgan D.R. “Nexia” rusumli avtomobilda harakatlanayotib, quvib o‘tish qoidalarini buzishi oqibatida haydovchi, 1987 yilda tug‘ilgan F.B. boshqaruvidagi “Nexia” rusumli avtomobil bilan to‘qnashgan va boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l chetidagi temir ustunga borib urilgan.

 

Natijada, oq rangli “Nexia” avtomobilida bo‘lgan yo‘lovchi G.T. tan jarohati olib shifoxonaga yotqizilgan.

 

 Mazkur YTH yuzasidan Denov tumani IIB YHXB xodimlari tomonidan surishtiruv harakatlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Toshkentda yuz bergan YTHda 10-sinf o‘quvchisi hamda Andijon davlat tibbiyot institutining 3 nafar talabasi YTH oqibatida vafot etgani haqida xabar berilgandi.

 

Olamgir Abdiyev

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"