Urganchda MIB aralashuvi bilan 21 ta oila yarashtirildi
Endilikda ushbu oilalar birga yashab hayot kechirishmoqda.

Oila-jamiyatning tayanchi. Farzand tarbiyalayotgan ota-ona har tomonlama farzandlariga o‘rnak bo‘lishi juda muhim. Biroq so‘nggi vaqtlarda oilaviy ajrimlar sonining ortishini eshitib, ko‘nglingiz xira tortadi. Majburiy ijro byurosiing Xorazm viloyati hududiy bo‘limlari tomonidan ajrashgan oilalarning tiklashi yuzasidan bir qancha ishlar amalga oshirilmoqda.
MIB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latovning Zamon.uz‘ga xabar qilishicha, byuroning Urganch tuman bo‘limi ish yurituvida bo‘lgan fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 2019-yil 1-avgustdagi sud buyrug‘iga asosan qarzdor O.Sharipovdan undiruvchi S.Erkayevaning foydasiga 2 nafar voyaga yetmagan farzandlari voyaga yetguniga qadar aliment undirish to‘g‘rsidagi ijro hujjati mavjud bo‘lgan.
Davlat ijrochisi tomonidan olib borilgan to‘g‘ri huquqiy tushuntirish tadbirlaridan so‘ng ularning oilasi yarashtirilib, endilikda birga yashab hayot kechirishmoqda. Soddaroq qilib aytganda, voyaga yetmagan farzandning barkamol tarbiya topishi va ajrashgan oilalar sonining kamayishiga erishildi.
Qayd etilishicha, shuningdek joriy yilning oktyabr oyida bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdor va undiruvchilar bilan olib borilgan profilaktik suhbatlar natijasida 21 ta oila yarashtirilddi. 50 nafardan ortiq bolalarning yetim qolishining oldi olindi.
Eslatib o‘tamiz, Qashqadaryoda aliment to‘lamagan 11 nafar ota qamoqqa olingandi.
Avvalroq Andijonda bir oyda 23 ta oila yarashtirilgani, qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani, Farg‘onada 40 million so‘m aliment puli oldindan to‘lab berilgani, Romitanda 118,3 million so‘m aliment mablag‘lari undirib berilgani ҳамда Zamon.uz' sayti jamoasi tomonidan ajrimga qanday holatlar sabab bo‘lishi mumkinligi yuzasidan aholimizning fikri o‘rganilgandi.







