Sport

“Nyukasl” yana bir yulduzni “nishonga oldi”

Dortmundning “Borussiya” klubi yarim himoyachisi Aksel Vitzel yanvar oyida “Nyukasl” klubiga o‘tishi mumkin.

“Nyukasl” yana bir yulduzni “nishonga oldi”

 

Tutto Juve” nashri tarqatgan xabarga ko‘ra, inglizlar Belgiya terma jamoasining 32 yoshli o‘yinchisiga yiliga taxminan 10 million yevro maosh taklif qilishgan. Bu futbolchining hozirgi maoshidan 3 million yevro ko‘p degani.

 

Bundan tashqari bugungi kunda Vitzelni “Yuventus” klubi ham o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilmoqda. Turinliklar futbolchiga 7 million yevro maosh berishlarini maʼlum qilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, belgiyalik futbolchining nemis klubi bilan shartnomasi 2022- yilning 30 iyunida yakuniga yetadi.

 

Avvalroq Koutinyo “Barsa”dan ketmoqchi emasligi va “Liverpul” tarkibiga Gruneveldni qo‘shib olmoqchiligi haqida xabar berilgandi.

 

Jamshidbek Amirov

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

“Nyukasl” yana bir yulduzni “nishonga oldi”