Namanganda 11-sinf o‘quvchilari o‘g‘irlik qildi
O‘smirlarga Jinoyat Kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kosonsoy tumanida yashovchi ayol IIOga ariza bilan murojaat qilib, nomaʼlum shaxs yashash uyida hech kim yo‘qligidan, darvozasi va uy eshigini ochiqligidan foydalanib, “Artel” rusumli televizorini o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilgan.
Kosonsoy tumani IIB JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv va surishtiruv harakatlari natijasida, ushbu jinoyatni Kosonsoy tumanidagi maktabning 11-sinf o‘quvchilari sodir etgani aniqlangan.
Ushbu holat bo‘yicha Kosonsoy tuman IIB huzuridagi TB tomonidan 2021-yil 16-noyabr kuni JKning 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Avvalroq “TikTok” ijtimoiy tarmog‘ida pichoq ko‘tarib videoga tushgan tasvirni tarqatgan maktab o‘quvchisi jarimaga tortilgani hamda Toshkentda o‘quvchilar o‘rtasida ommaviy janjal yuz bergani haqida xabar berilgandi.
Munojat Valiyeva







