Jamiyat

Toshkentda valyuta qimmatliklarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

U 3 300 AQSH dollarini 35,3 million so‘mga sotib olgan.

Toshkentda valyuta qimmatliklarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabariga ko‘ra, departamentning Mirzo Ulug‘bek tuman bo‘limi DXX va IIV xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazdi.

 

Maʼlum qilinishicha, valyuta qimmatliklarini noqonuniy muomalaga kiritish bilan shug‘ullanib kelgan fuqaro A. fuqaro J.dan 3 300 AQSH dollarini 35,3 million so‘mga sotib olgan vaqtida qo‘lga olindi. Uning yashash xonadoni ko‘zdan kechirilganida, 158 AQSH dollari, 3 050 qirg‘iz somi, 195,5 million so‘m va 1 dona pul sanash apparati borligi maʼlum bo‘ldi. 

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

 Eslatib o‘tamiz, avvalroq qonunni buzgan valyutafurushning “bozori” o‘xshamagani, Toshkentda “valyutafurush” 5 ming dollarga yaqin pulni noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘lgani hamda Navoiyda XIX asrga tegishli tanga va qog‘oz kupyuralarni xorijga olib chiqib ketayotgan shaxslar aniqlani haqida xabar berilgandi.

Toshkentda valyuta qimmatliklarini noqonuniy sotmoqchi bo‘lgan shaxs ushlandi | Zamon.uz