Jamiyat

Toshkentda tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan shaxslarning kirdikorlari fosh bo‘ldi

Ular 489,7 million so‘mlikni o‘zlashtirgan.

Toshkentda tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan shaxslarning kirdikorlari fosh bo‘ldi

 

Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar qildi.

 

Xabarda aytilishicha, Departamentning Bektemir tuman bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi. Unda B.Q. va boshqalar oldin til biriktirib, “H.” MCHJ tomonidan Pokiston va Eron davlatlaridan import qilingan meva-sabzavot mahsulotlarini sotuvidan tushgan 489,7 million so‘mni talon-toroj qilganliklari maʼlum bo‘ldi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Termizda ko‘mir mahsuloti talon-toroj qilingani, Qashqadaryoda mansabdor shasxlarning kirdikori fosh bo‘lgani, Toshkentda 400 million so‘mdan ortiq pulni talon-taroj qilgan shirkat rahbari qo‘lga tushgani, shirkatlar tomonidan 1 milliard 809 million so‘m talon-taroj qilingani aniqlangani hamda Sergelida 32,5 ming dollarni o‘zlashtirib yuborgan bank kassiri va bosh mutaxassisiga jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.

Toshkentda tadbirkorning mulkini o‘zlashtirgan shaxslarning kirdikorlari fosh bo‘ldi | Zamon.uz