Jamiyat

Xo‘jaylida MCHJ nomidagi mulklarni sobiq rahbarlar sotib yubordi

Hozirda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Xo‘jaylida MCHJ nomidagi mulklarni sobiq rahbarlar sotib yubordi

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Xo‘jayli tumani bo‘limi tomonidan tadbirkorlik subyektlarining huquqlarini himoya qilish yuzasidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazildi.

 

Tekshiruvda, “K.M.” MCHJning 51,9 foiz ulushi “L.F.” MCHJga tegishli bo‘lishiga qaramasdan “K.M.” va “N.S.” MCHJlarning sobiq rahbarlari oldindan til biriktirgan. MCHJning umumiy qiymati 991,7 million so‘mlik ishlab chiqarish sexi va qo‘shimcha imoratlarini soxta yig‘ilish bayonnomasini rasmiylashtirgan.

 

Maʼlum bo‘lishicha, qalbaki hujjatlar orqali firibgarlik yo‘li bilan fuqaro S.S.ning nomiga o‘tkazgan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan  jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, "Golden Cash" taʼsischilari ustidan jinoiy ish qo‘zg‘atilgandi.

 

Avvalroq tadbirkorga ko‘p qavatli uy qurilishini olib berishni vaʼda qilgan firibgarlar ushlangani, bankni "chuv tushirmoqchi bo‘lgan" tadbirkorlarning kirdikorlari fosh etilgani, Andijonda qo‘shma korxona mutaxassisi qo‘lga olingani hamda Sirdaryoda soxta hujjatlar orqali 500 million so‘m kreditni qo‘lga kiritgan firibgarlar aniqlangani haqida xabar berilgandi.

Xo‘jaylida MCHJ nomidagi mulklarni sobiq rahbarlar sotib yubordi | Zamon.uz