O'zbekiston

Namanganda tikuvchilik korxonasida yong'in chiqdi

Oqibatda, tayyor va yarim tayyor mahsulotlar, hujjatlar yonib ketgan.

Namanganda tikuvchilik korxonasida yong'in chiqdi

 

Bugun soat 12:09 da Namangan shahridagi “Ozod” MFYdagi A.Xo‘jayev ko‘chasida joylashgan chevarxonada yong‘in bo‘lgan. 6 minut ichida shahar favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimlari voqea joyiga yetib kelgan va 12:45 da yong‘in bartaraf etilgan.

 

Talofat oqibatida binoning shift va ichki qismidan 70 kv. metr joyi, tayyor va yarim tayor mahsulotlari, 6 dona tikuv mashinalari, 1 dona kompyuter hamda hujjatlari yonib ketgan.

 

Hozirda sodir bo‘lgan yong‘in yuzasidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

 

Avvalroq Namanganda gaz quyish shoxobchasi yonib ketgani hamda bir-biriga tutash 4 ta uyda yong‘in sodir bo‘lgani haqida xabar berilgandi. 

 

Munojat Valiyeva

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Chet elda mehnat qilayotgan yurtdoshlarimiz — haqiqiy mard insonlar!” — Prezident

Prezident xorijda mehnat qilayotgan yurtdoshlarning huquqlarini himoya qilish davlatning doimiy vazifasi ekanini ta’kidladi.

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Har bir viloyatda nemis tilini o‘rgatadigan texnikumlar tashkil etilishi mumkin

Prezident xorijda yuqori daromadli ish topish uchun yoshlarni kasb bilan birga chet tillariga ham o‘qitish zarurligini ta’kidladi.

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

“Inson o‘z kasbini puxta egallasin, o‘z qadrini bilsin, o‘z yurtiga tayana olsin” — Prezident

Prezident xorijda ishlash istagidagi fuqarolarni yuqori daromadli ish o‘rinlariga tayyorlashda hokimlar, elchilar va texnikumlar hamkorligini kuchaytirish zarurligini ta’kidladi.

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

“Sinovsiz 3-kursga kiritib qo‘yamiz”: vazirlik o‘qishga qabul qilishdagi firibgarlikdan ogohlantirdi

Ta’lim va ilm-fan vazirligi o‘qishga qabul qilish va o‘qishni ko‘chirishni pul evaziga hal qilib berishni va’da qilayotgan shaxslardan ehtiyot bo‘lishga chaqirdi.

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Nukusdagi 22 ta gaz quyish shoxobchasi jarimaga tortildi: narxlar bir vaqtda oshirilgan

Qo‘mitaga kelib tushgan murojaat asosida shoxobchalarda siqilgan gaz narxlari o‘rganilgan.

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Xazon yoqishning oqibati: tabiatga zarar yetkazganlar jarimaga tortiladi

Ekologiya qo‘mitasi fermer va dehqonlarni o‘simlik qoldiqlarini yoqmaslikka chaqirdi.

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Mobil radarlar yashirin ishlashi mumkin: haydovchilarni oldindan ogohlantirish talabi bekor qilindi

Endilikda bu talab faqat statsionar radarlarga nisbatan amal qiladi.

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Avtobus eshigi qatnov vaqtida shikastlandi: hodisa tafsilotlari ma’lum qilindi

Nosozlik so‘nggi qatnov vaqtida yuzaga kelgan.