Jahon

Rossiya 9-may arafasida sulh e’lon qildi, Zelenskiy “sukut rejimi” bilan javob berdi

Rossiya bayram tadbirlariga tahdid yuzaga kelgan taqdirda Kiyevga raketa zarbasi berilishini bildirdi.

Rossiya 9-may arafasida sulh e’lon qildi, Zelenskiy “sukut rejimi” bilan javob berdi

Rossiya Mudofaa vazirligi 9-may — G‘alaba kuni munosabati bilan 8–9-may kunlari amal qiladigan bir tomonlama sulh e’lon qildi. Bu haqda BBC xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, bayonotda ushbu qaror prezident Vladimir Putin topshirig‘i asosida qabul qilingani qayd etilib, Ukraina tomoni ham bu tashabbusga qo‘shilishi kutilayotgani bildirildi.

 

Oradan ko‘p o‘tmay, Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy front chizig‘ida 5-maydan 6-mayga o‘tar kechasi soat 00:00 dan boshlab “sukut rejimi” joriy etilishini ma’lum qildi. Uning ta’kidlashicha, Ukraina tomoni “ko‘zgu tamoyili” asosida harakat qiladi. Ya’ni Ukraina Rossiyaning harakatlariga mos javob qaytaradi.

 

Zelenskiy, shuningdek, Rossiya tomonidan o‘t ochishni to‘xtatish shartlari yuzasidan rasmiy murojaat bo‘lmaganini bildirib, inson hayoti har qanday bayramdan ustun ekanini ta’kidladi.

 

Ukraina yetakchisi vaqt mintaqasini aniq ko‘rsatmagan bo‘lsa-da, 5-may holatiga ko‘ra Moskva va Kiyev vaqti bir xil bo‘lib, e’lon qilingan muddat mos keladi.

 

Rossiya Mudofaa vazirligi o‘z bayonotida Zelenskiyning Yerevanda bo‘lib o‘tgan Yevropa siyosiy hamjamiyati sammitidagi chiqishlarini eslatib, ularni “9-may kuni Moskvaga zarba berish tahdidi” sifatida talqin qilgan. Shu bilan birga, vazirlik agar “bayramni buzishga qaratilgan urinishlar” bo‘lsa, Kiyev markaziga “massiv raketa zarbasi” berilishi mumkinligini ham ma’lum qilgan.

 

Zelenskiy bu bayonotga bilvosita javob berib, Rossiya rahbariyatini urushni yakunlash uchun real qadamlar qo‘yishga chaqirdi. U, shuningdek, Rossiya 9-may paradini harbiy texnikasiz o‘tkazishni rejalashtirayotganiga munosabat bildirib, buni xavfsizlik bilan bog‘liq xavotirlar bilan izohladi.

 

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, joriy yilda Moskvadagi Qizil maydonda o‘tkaziladigan parad 2022-yilda Ukrainadagi urush boshlanganidan buyon ilk bor harbiy texnikasiz o‘tkaziladi. Biroq piyoda harbiylar va uchuvchi aviaguruhlar ishtiroki saqlanib qoladi. Kreml buni “terrorizm tahdidi” hamda sana yubiley emasligi bilan izohlagan.

 

29-aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh prezidenti Donald Tramp o‘rtasida telefon suhbati bo‘lib o‘tgan edi. Tramp 9-may munosabati bilan qisqa muddatli sulh e’lon qilishni taklif qilganini bildirgan bo‘lsa, Kreml Putin bayram kuni uchun bir kunlik sulh tashabbusini ilgari surganini ma’lum qilgan.

 

Ukraina tomoni esa bunday tashabbuslarni tanqid qilib kelmoqda. Tashqi ishlar vaziri Andrey Sibiga Rossiya takliflarini “PR aksiyasi” va G‘arbga qaratilgan siyosiy signal sifatida baholab, Kiyev kamida 30 kunlik to‘liq va shartsiz sulh tarafdori ekanini ta’kidlagan.

 

Eslatib o‘tamiz, tomonlar avval ham bayramlar munosabati bilan sulh e’lon qilgan. Masalan, 2026-yil aprel oyida pravoslav Pasxa bayrami vaqtida qisqa muddatli o‘t ochishni to‘xtatish joriy etilgan, biroq keyinchalik har ikki tomon uni buzishda bir-birini ayblagan. 

 

O‘tgan yili ham 9-may munosabati bilan 72 soatlik sulh e’lon qilingan, ammo Ukraina bu taklifni rasman qabul qilmagan.

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

Maktab oldida pichoqli hujum: 8 nafar o‘quvchi jarohatlandi

15 yoshli qiz maktabga kirayotgan o‘quvchilarga pichoq bilan hujum qilgan.

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Sibirda o‘lat aniqlanmadi: karantindagilarning 60 foizi chiqarildi

Rossiyaning Irkutsk viloyatida o‘lat bo‘yicha tadqiqot instituti xodimi vafot etganidan keyin u bilan aloqada bo‘lganlar tekshirildi.

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Nigeriyada harbiy samolyot botqoqqa quladi: 25 kishi halok bo‘ldi

Mamlakatda 3 kunlik milliy motam e’lon qilindi.

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

YI 2027-yil oxirigacha Rossiya gazidan to‘liq voz kechadi — Fon der Lyayen

Rossiya gazining YI importidagi ulushi allaqachon 45 foizdan 12 foizgacha qisqargan.

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Endi navbat AQSHga: Nyu-Yorkda favqulodda holat e'lon qilindi

Shtatda yil boshidan buyon qizamiqning 108 ta holati qayd etilgan.

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka kelishuvi amalda: Turkiya va Pokiston qo‘shinlarini Saudiya Arabistoniga tezkor joylashtirish choralarini ko'radi

Makka va Madinaga qilingan hujumlarga urinishlar hamda Saudiya Arabistonidagi fuqarolik va iqtisodiy obyektlarga tahdidlar qoralandi.

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo 347 mln bolaga tahdid solmoqda: UNICEF xavfdan ogohlantirdi

El-Ninyo kuchli toshqinlar, qurg‘oqchilik, suv va oziq-ovqat tanqisligi hamda kasalliklar xavfini oshirishi mumkin.

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

“Bu juda kichik narx”: Tramp Eron bilan urushda AQSh shaharlari vayron bo‘lishi mumkinligini aytdi

Eron bilan mojaroda Los-Anjeles va San-Diegoga zarar yetishi mumkin.