O'zbekiston

O‘zbekistonda yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

Ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir sabab yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etilgan.

O‘zbekistonda yana sel-suv toshqini xavfi e’lon qilindi

 

O‘zgidromet 26-maydan 1-iyunga qadar respublikaning tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-suv toshqini xavfi mavjudligi haqida ogohlantirdi.

 

Ma’lum qilinishicha, kutilayotgan yomg‘irlar sabab ayrim hududlarda sel kelishi, soy va kichik daryolarda suv sathi keskin ko‘tarilishi mumkin.

 

                                         

 

Sel-suv toshqini xavfi quyidagi hududlarda kuzatilishi ehtimoli mavjud:

— Qashqadaryo viloyatining Yakkabog‘, Dehqonobod, Chiroqchi, Kitob, Shahrisabz, Qamashi va G‘uzor tumanlarida;
— Surxondaryo viloyatining Sariosiyo, Uzun, Oltinsoy, Denov, Boysun, Sherobod, Sho‘rchi, Qumqo‘rg‘on va Muzrobot tumanlarida;
— Samarqand viloyatining Urgut, Samarqand, Bulung‘ur, Nurobod, Qo‘shrabot, Kattaqo‘rg‘on, Payariq, Jomboy va Ishtixon tumanlarida;
— Navoiy viloyatining Xatirchi, Navbahor, Nurota, Konimex va Karmana tumanlarida;
— Jizzax viloyatining Zomin, Baxmal, G‘allaorol, Sharof Rashidov, Forish va Yangiobod tumanlarida;
— Toshkent viloyatining Ohangaron, Bo‘stonliq, Parkent, Piskent, O‘rta Chirchiq va Yuqori Chirchiq tumanlari, shuningdek Angren hamda Olmaliq shaharlarida;
— Namangan viloyatining Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan va Yangiqo‘rg‘on tumanlarida;
— Farg‘ona viloyatining So‘x, Shohimardon, Farg‘ona va Beshariq tumanlarida;
— Andijon viloyatining Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qo‘rg‘ontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xo‘jaobod, Marhamat tumanlari hamda Xonobod shahrida.

 

                                       

 

“O‘zgidromet” tog‘oldi va tog‘li hududlarda yashovchi fuqarolar, dam oluvchilar hamda ushbu hududlarda harakatlanuvchi haydovchilarni ehtiyotkorlik choralarini ko‘rishga chaqirdi.

 

Shuningdek, ayrim hududlarda kuchli yomg‘ir sabab yomg‘ir suvlari to‘planishi va hududlarni suv bosishi ehtimoli ham mavjudligi qayd etilgan.

 

                                         

 

Eslatib o‘tamiz, 19-may kuni Namangan viloyati, Jizzax viloyati hamda Qashqadaryo viloyatining ayrim hududlarida sel kuzatilgan edi. Xususan, Qashqadaryoning Dehqonobod tumanidagi G‘injak qishlog‘ida yuz bergan sel oqibatida adirda mol boqib yurgan 25 yoshli yigit halok bo‘lgan.

 

Shuningdek, 21-may kuni Jizzax, Toshkent, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo va Samarqand viloyatlarining ayrim hududlarida sel va yomg‘ir suvlari oqimi qayd etilgan. Navoiy viloyatidagi sel oqibatida to‘rtta avtomobil hamda bir nechta uy zarar ko‘rgan.

 

22–24 may kunlari esa Surxondaryo, Qashqadaryo, Jizzax va Namangan viloyatlarida yana sel hodisalari kuzatilgan edi. 22-may kuni Qamchiq dovonida yo‘lga loy va tosh aralash sel suvlari tushgani sabab avtomobillar harakati vaqtincha cheklangani xabar qilingan edi.

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Farg‘onada avtomobil velosipedchini urib yubordi: jabrlanuvchi shifoxonada vafot etdi

Hozirda holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

O‘zbekistonda ichimliklar ishlab chiqarish 11 foizga o‘sdi: eng yuqori ko‘rsatkich Toshkentda qayd etildi

Joriy yilning dastlabki to‘qqiz oyida yirik korxonalar tomonidan ishlab chiqarilgan ichimliklar qiymati 25,5 trln so‘mni tashkil etdi.

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Toshkentda kiberjinoyatlarda gumonlangan ikki guruh fosh etildi: 72 kishi ushlandi

Holatlar yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Toshkentda havo sifati: 15-noyabr tongida yaxshilanishi mumkin

Hozirda atmosfera havosi sifati Maxsus komissiya tomonidan doimiy monitoring qilinmoqda.

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Paxta xirmoni 5 mln tonnadan oshdi, ammo terim davom etmoqda — vazirlik

Qishloq xo‘jaligi vazirligi dalalarda hali paxta borligi ushbu natijani shubha ostiga qo‘ymasligini ta’kidladi.

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Bir o‘rindiq sababli mojaro: Toshkentda ikki erkak 3 sutkaga qamaldi

Metroda joy bermagani uchun yo‘lovchini haqorat qilgan va keyinchalik uning ortidan borgan erkaklarga jazo tayinlandi.

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Sovuq kunlarda gaz taqsimoti o‘zgaradi: kimlarga birinchi navbatda gaz yetkaziladi?

Kuz-qish mavsumida gaz resurslari mavjud hajm va ob-havo sharoitidan kelib chiqib taqsimlanadi.

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Yerni noqonuniy egallab olgan shaxs 16 mln jarima to‘ladi

Sud tomonidan tayinlangan jinoiy jarima MIB tomonidan to‘liq undirilib, sud hujjati ijrosi taʼminlandi.