Jinoyat

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida qariyb 2 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi noqonuniy dorilar aniqlandi

Dori vositalari belgilangan tartibda olib qo‘yilib, hozirda ekspertiza tayinlangan.

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida qariyb 2 mlrd so‘mdan ortiq qiymatdagi noqonuniy dorilar aniqlandi

Farg‘ona va Namangan viloyatlarida katta miqdordagi noqonuniy dori vositalari aniqlandi. Bu haqda DXX xabar berdi.

 

Ma’lum qilinishicha, aholi salomatligini muhofaza qilish hamda sifati kafolatlanmagan dori vositalarining muomalaga kiritilishining oldini olish maqsadida Davlat xavfsizlik xizmatining Farg‘ona viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari Bojxona organlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazgan.

 

Tadbir davomida Farg‘ona shahrida yashovchi 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro “Gazel” rusumli yuk avtomobilida olib kelingan umumiy qiymati 778 mln so‘mlik, jami 38 turdagi 45 960 dona dori vositalarini o‘z yashash xonadoniga tushirayotgan vaqtida to‘xtatib qolingan. Holat protsessual tartibda rasmiylashtirilgan.

 

Shuningdek, uning xonadoni ko‘zdan kechirilganda 468 mln so‘mlik 25 turdagi 16 535 dona dori vositalari me’yoriy talablarga zid ravishda saqlanayotgani aniqlangan.

 

Namangan viloyatida ham shunga o‘xshash holat qayd etildi. Davlat xavfsizlik xizmatining Namangan viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari IJQKD, Bojxona organlari hamda “Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirda Namangan shahrida yashovchi 1995 va 1993-yillarda tug‘ilgan ikki nafar fuqaro o‘z xonadonlari hamda Davlatobod tumanidagi noturar binoda xorijda ishlab chiqarilgan va noqonuniy yo‘llar bilan mamlakatga olib kirilgan dori vositalarini keyinchalik sotish maqsadida saqlab kelgani aniqlangan.

 

Ko‘zdan kechirish jarayonida ushbu uch manzildan taxminiy qiymati 1 mlrd so‘mdan ortiq bo‘lgan jami 453 turdagi 32 528 quti dori vositalari belgilangan tartibda olib qo‘yilgan.

 

Hozirda har ikki holat bo‘yicha dori vositalari yuzasidan ekspertiza tayinlanib, surishtiruv ishlari davom etmoqda.

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

20 ming dollarlik opiy: Farg‘onada ikki nafar shaxs ushlandi

Yozyovon tumanida 1 kilogramm opiy giyohvandlik vositasini sotishga uringan ikki nafar shaxs qo‘lga olindi.

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Xayriya pullari totalizatorga tikildi: Farg‘onada yosh yigit ushlandi

Yigit ijtimoiy tarmoqlarda yordam so‘rab murojaat qilgan fuqarolarning mablag‘larini o‘zlashtirish uchun firibgarlik sxemasidan foydalangan.

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Buxoroda zararli APK fayllar tarqatgan guruh ushlandi: 60 dan ortiq fuqaro jabr ko‘rgan

Gumonlanuvchilar Telegram orqali zararli APK fayllarni yuborib, qurilmalardagi bank ma’lumotlari va SMS-kodlarni qo‘lga kiritgan.

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

YPX xodimini obro‘sizlantiruvchi video tarqatildi: fuqaro 10 sutkaga qamaldi

Sudda fuqaro qilgan ishidan pushaymonligini bildirib, aybiga iqror bo‘ldi va bunday holatni boshqa takrorlamasligini aytdi.

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.