Jahon

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimiga tayyorgarlik boshlandi

Urush sabab bir necha oyga kechiktirilgan marosim sanasi hozircha e’lon qilinmagan.

Eronda Ali Xomanaiyning dafn marosimiga tayyorgarlik boshlandi

Eron hukumati halok bo‘lgan oliy rahbar Oyatulloh Ali Xomanaiy uchun “ulug‘vor” dafn marosimini o‘tkazish bo‘yicha tayyorgarlik ishlarini boshladi. Al-Arabiya yozishicha, bu haqda davlat televideniyesi Islom targ‘iboti bo‘yicha Tehron muvofiqlashtirish kengashi rahbari Mohsen Mahmudiyga tayanib xabar berdi.

 

Mahmudiyning so‘zlariga ko‘ra, dafn marosimini tashkil etish uchun maxsus shtab tuzilgan bo‘lib, hozirda turli davlat idoralari marosimni rejalashtirish va tashkiliy masalalarni muvofiqlashtirish bilan shug‘ullanmoqda. Marosimning aniq sanasi hozircha ma’lum qilinmagan.

 

Ali Xomanaiy Eron Islom Respublikasiga 30 yildan ortiq rahbarlik qilgan. U 28-fevral kuni AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan hamda urush boshlanishiga sabab bo‘lgan zarbalarning ilk to‘lqinida halok bo‘lgan edi.

 

Hujumlar vaqtida uning o‘g‘li va vorisi Mujtabo Xomanaiy ham yaralangan. U oliy rahbar lavozimini egallaganidan buyon omma oldida ko‘rinish bermagan.

 

Aprel oyida Ali Xomanaiy xotirasiga bag‘ishlangan alohida tadbir o‘tkazilgan bo‘lsa-da, dastlab rejalashtirilgan davlat dafn marosimi urush tufayli o‘tkazilmagan.

 

Davlat televideniyesining xabar berishicha, hozirda turli tashkilotlar marosimni yuqori saviyada tashkil etish uchun zarur sharoitlarni yaratish ustida ishlamoqda. Rasmiy e’lon berilgach, marosim keng ko‘lamda o‘tkazilishi va unda ko‘plab fuqarolar ishtirok etishi kutilmoqda.

 

Avvalroq, AQSh va Eron o‘rtasida amalda bo‘lib turgan sulhni yana 60 kunga uzaytirish hamda urushni to‘liq yakunlash bo‘yicha muzokaralarni boshlash yuzasidan dastlabki kelishuvga erishilgani ma’lum qilingandi.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.