Siyosat

Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni parlament saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

Saylov natijalari Pashinyan olib borayotgan siyosatga ishonch ifodasi sifatida baholandi.

Shavkat Mirziyoyev Pashinyanni parlament saylovidagi g‘alabasi bilan tabrikladi

 

 

Shavkat Mirziyoyev Armaniston Respublikasi Bosh vaziri Nikol Pashinyanni parlament saylovlarida uning boshchiligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi erishgan g‘alaba munosabati bilan samimiy tabrikladi.

 

Tabriknomada ushbu natija arman xalqining Bosh vazir Pashinyan tomonidan olib borilayotgan ichki va tashqi siyosatga, jumladan Janubiy Kavkazda tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi sa’y-harakatlarga bo‘lgan ishonchining ifodasi ekani ta’kidlangan.

 

Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti ikki davlat o‘rtasidagi do‘stona munosabatlar va o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga ishonch bildirgan.

 

Tabrikda Nikol Pashinyanga mustahkam sog‘liq, davlat faoliyatida muvaffaqiyatlar, Armaniston xalqiga esa tinchlik va farovonlik tilaklari bildirilgan.

 

Eslatib o'tamiz, Armanistonda bo‘lib o‘tgan parlament saylovlari Nikol Pashinyan boshchiligidagi “Fuqarolik shartnomasi” partiyasi 50,07 foiz ovoz bilan g'olib bo'lgan edi.

custom img

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

custom img

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

custom img

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

custom img

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

custom img

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

custom img

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"