Jahon

AQSH Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

Yangi sanksiyalar Eronning moliyaviy tarmoqlari va Ali Ansoriy boshqaruvidagi aktivlar tizimini o'z ichiga oladi.

AQSH Eronga qarshi yangi sanksiyalar joriy qildi

 

AQSH Moliya vazirligi Eronning moliyaviy tarmoqlari hamda ayrim jismoniy va yuridik shaxslariga nisbatan qo‘shimcha sanksiyalar joriy etilganini ma’lum qildi.

 

Vazirlik huzuridagi Xorijiy aktivlarni nazorat qilish boshqarmasi (OFAC) tomonidan e’lon qilingan yangi sanksiyalar ro‘yxatiga 14 nafar jismoniy va yuridik shaxs, jumladan, 8 nafar shaxs va 6 ta kompaniya kiritildi.

 

Sanksiyalar, xususan, eronlik moliyachi Ali Ansoriyga nisbatan qo‘llanilgan. AQSH Moliya vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, u Eronning oliy rahbari Mojtaba Xomanaiy hamda mamlakat siyosiy elitasining manfaatlari yo‘lida faoliyat yurituvchi xalqaro aktivlar tarmog‘ini boshqargan. Shuningdek, Ansoriy davlat mablag‘larini o‘zlashtirish va ularni Eron tashqarisida noqonuniy maqsadlarda ishlatishda ayblanmoqda.

 

Bundan tashqari, Eron, Gonkong, Birlashgan Arab Amirliklari hamda Sent-Kits va Nevisda ro‘yxatdan o‘tgan bir qator kompaniyalar ham sanksiyalar ro‘yxatiga kiritilgan.

 

AQSH Moliya vazirligi bayonotiga ko‘ra, ushbu kompaniyalar sanksiya ostidagi Eron banklari nomidan har yili milliardlab dollar miqdoridagi mablag‘larni aylantirish, shuningdek, noqonuniy moliyaviy operatsiyalarni yashirish maqsadida qobiq kompaniyalar tarmog‘idan foydalangan.

 

Yangi cheklovlar Hormuz bo‘g‘ozi atrofidagi vaziyat keskinlashgan bir paytda joriy etilgan. Avvalroq AQSH Eronning Hormuz bo‘g‘ozidagi harakatlariga javoban mamlakat hududiga havo zarbalari berganini bildirgan edi. Shundan so‘ng Tehron Quvayt, Bahrayn va Iordaniyadagi AQSH harbiy obyektlariga zarbalar yo‘llagan.

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Qozog‘istonga 5 yildan eski avtomobillarni olib kirish taqiqlanadi: yangi talablar qachondan kuchga kiradi?

Mamlakatga avtomobil olib kirishda uning ishlab chiqarilgan sanasi va ekologik toifasi hisobga olinadi.

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

“Hammasi Amerika tomoniga bog‘liq”: Eron ikki kun ichida sulhga kelishishga tayyor

Aroqchining aytishicha, natija Amerika tomonining javoblariga bog‘liq.

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Netanyaxu Trampni AQSH saylovlaridan keyin Eronga zarba berishga undamoqda — Axios

Tramp hozircha muzokaralarga imkoniyat berishga moyil ekanini bildirgan.

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Qozog‘istonga vizasiz kirish ham yangi tartibga o‘tadi: QazETA tizimi joriy etilmoqda

Mamlakatga borishni rejalashtirgan chet elliklar 2027-yil 1-iyuldan elektron kirish ruxsatnomasini olishi kerak bo‘ladi.

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

G‘azoda Isroil hujumlari: sakkiz nafar falastinlik halok bo‘ldi

Halok bo‘lganlar orasida to‘rt yoshli bola ham bor. Hujumlar G‘azoning janubidagi Xon Yunis va shimolidagi G‘azo shahrida sodir etilgan.

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Rossiyada neftni qayta ishlash zavodi dronlar hujumiga uchradi: korxona jiddiy zarar ko‘rdi

Ukraina Telegram kanallari hujum nishoni «Lukoyl-Nijegorodnefteorgsintez» neftni qayta ishlash zavodi bo‘lganini va u yerda yong‘in chiqqanini xabar qilmoqda.

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Tramp qarorgohiga zenit-raketa majmualari joylashtirildi: xavfsizlik choralari kuchaytirildi

Bu xavfsizlikka tahdidlar kuchaygani haqidagi ogohlantirishlar fonida amalga oshirilgan.

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Bangladeshda dang epidemiyasi kuchaymoqda: 418 kishi vafot etdi

Mutaxassislar epidemiya noyabr oyida ham davom etishi, vaziyat dekabrgacha ham yaxshilanmasligini prognoz qilmoqda.