Jinoyat

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Ayrim xodimlarga ishlamagan davri uchun ish haqi va qonunchilikka zid ravishda rag‘batlantirish pullari to‘langan, holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani aniqlandi

Migratsiya agentligida 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari talon-toroj qilingani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda agentlikning mas’ul shaxslari ikki nafar xodim — B.D. va N.A.ning amalda ishlamagan davri uchun ularga 931,6 mln so‘m ish haqi hisoblagani aniqlangan.

 

Shuningdek, intizomiy jazo qo‘llanilgan va jazo muddati davom etayotganiga qaramay, Mehnat kodeksi talablariga zid ravishda yana 8 nafar xodimga 88,5 mln so‘m to‘lab berilgani ma’lum bo‘lgan.

 

Holat oqibatida jami 1 mlrd so‘mdan ortiq budjet mablag‘lari o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilingani qayd etildi.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Avvalroq o‘zini Migratsiya agentligining sobiq bo‘lim boshlig‘i Azizbek Toshtemirov deb tanishtirgan shaxs Telegram’dagi “Koreya 24 soat” kanalida agentlikning amaldagi va sobiq rahbarlariga oid qator postlarni e’lon qilgandi.

 

“Koreya 24 soat” kanalidagi postlarda Migratsiya agentligining sobiq rahbari Afzal Ermatov pandemiya davrida Janubiy Koreyaga ishchilarni yuborish uchun sun’iy navbatlar tashkil etgani, ayrim fuqarolardan qo‘shimcha mablag‘lar undirgani va imtihon jarayonlariga noqonuniy aralashuv bo‘lgani haqidagi da’volar ilgari surilgan. Shuningdek, amaldagi direktor Behzod Musayevga nisbatan ham qator ayblovlar bildirilgan. Xususan, xususiy bandlik agentliklariga litsenziya berish jarayonlari, Koreyaga ishchi yuborish tizimi va ayrim shaxsiy topshiriqlar bilan bog‘liq holatlar yuzasidan iddaolar keltirilgan.

 

May oyida esa Bosh prokuratura huzuridagi departament o‘zbekistonliklarni Janubiy Koreyaga ishga yuborish bilan bog‘liq yirik korrupsion sxema fosh etilganini ma’lum qilgan edi. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, ushbu sxema orqali fuqarolardan 100 million dollardan ortiq mablag‘ noqonuniy undirilgan.

custom img

Xorijga chiqish taqiqini yechib berish va’dasi: bank bosh mutaxassisi pora olayotganda ushlandi

Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

custom img

Antaliya va’dasi ortidagi jinoyat: ikki qiz xorijga olib ketilayotganda to‘xtatildi

Holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

custom img

Noqonuniy “Umra” xizmati: ikki holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

Samarqand va Sirdaryodagi holatlarda fuqarolardan “Umra” ziyoratini tashkil etish evaziga jami 4300 AQSH dollari talab qilingan.

custom img

Noqonuniy kriptovalyuta aylanmasi: 683 ming dollarlik operatsiyalar aniqlandi

Fuqaroning litsenziya olmasdan kripto-aktivlarni o‘tkazish bilan shug‘ullangani aniqlangan.

custom img

“Foizsiz kredit” tuzog‘i: 400 dan ortiq kishi aldandi

Toshkent viloyatida fuqarolarga foizsiz kredit olib berishni va’da qilib, ularning pulini o'zlashtirgan jinoiy guruh faoliyatiga chek qo‘yildi.

custom img

Farg‘onadagi qotillik: buvisini o‘ldirgan yigit 17 yilga qamaldi

U jinoyat ishlarini yashirish uchun buvisining uyiga o‘t qo‘ygan.

custom img

Chiroqchida maktab direktori qo‘shimcha dars soatlari evaziga pora olgani uchun 2 yilga qamaldi

O‘qituvchi direktorga 50 dollar bergach, holat haqida huquqni muhofaza qiluvchi organlarga xabar bergan. Tezkor tadbirda direktor qo‘lga olingan.

custom img

Buxoroda talaba qizga shahvoniy shilqimlik qilgan tyutor qamaldi

Talaba qiz sudda ular o‘rtasida avval hech qanday kelishmovchilik bo‘lmaganini aytib, tyutorga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"