O'zbekiston

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

Uchrashuvda hamkorlik loyihalari muhokama qilindi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev Denis Manturov boshchiligidagi Rossiya delegatsiyasini qabul qildi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 7-oktyabr kuni O‘zbekiston – Rossiya Hukumatlararo komissiyasi va Hududlar kengashining navbatdagi yig‘ilishlarida ishtirok etish uchun mamlakatda bo‘lib turgan Rossiya Federatsiyasi Hukumati Raisining birinchi o‘rinbosari Denis Manturov boshchiligidagi delegatsiyani qabul qildi.

 

Suhbat avvalida yuqori martabali mehmon davlat rahbariga Rossiya Federatsiyasi Prezidenti Vladimir Putinning samimiy salomi va eng ezgu tilaklarini yetkazdi. Oliy darajadagi uchrashuvlar yakunlari bo‘yicha erishilgan kelishuvlarni amalga oshirish masalalari ko‘rib chiqildi.

 

O‘zbekiston yetakchisi kuni kecha bo‘lib o‘tgan Hukumatlararo komissiya yig‘ilishi va Hududlar kengashining uchinchi yig‘ilishi natijador bo‘lganini olqishladi.

 

O‘zaro savdo hajmi barqaror o‘sib borayotgani, sanoat, energetika, metallurgiya, tinch atom va boshqa sohalarda kooperatsiya loyihalari ilgari surilayotgani mamnuniyat bilan qayd etildi.

 

Tovar ayirboshlashni yanada kengaytirish, sanoat zonalari doirasidagi qo‘shma loyihalarni jadallashtirishga qaratilgan o‘zaro muvofiqlashtirilgan choralarni ko‘rish hamda hududlar va biznes darajasidagi faol muloqotni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

O‘zLiDeP navbatdagi Kongressga tayyorgarlikni boshladi: konferensiyalar o‘tkazilmoqda

Kongress delegatlari hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy hayotida faol bo‘lgan tadbirkorlar, fermerlar, ziyolilar, yoshlar va xotin-qizlar orasidan saylanmoqda.

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

98 tonna gaz talon-toroj qilinishiga yo‘l qo‘yilmadi: 409 ta urinish aniqlandi

Gaz taqsimotida hisob tizimini chetlab o‘tishga qaratilgan urinishlar aniqlanib, bir nechta xodimga nisbatan qonuniy choralar ko‘rildi.

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

“O‘zbekfilm” milliy kinokompaniyasi tashkil etiladi: kino sohasida yangi islohotlar

Toshkent shahrida bolalar kinoijodkorligi maktabi va platformasi tashkil etiladi.

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Yomg‘ir ortidan sel kelishi mumkin: Toshkent viloyati aholisi ogohlantirildi

Ayrim joylarda yomg‘ir suvlari to‘planib, suv bosishiga olib kelishi mumkin.

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Alifbo o‘zgarishi pullarga ta’sir qiladimi?

Markaziy bank yangi alifbo joriy etilishi amaldagi banknotlarga ta’siri yuzasidan izoh berdi.

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

Xalqaro qidiruvdagi o‘zbekistonlik Turkiyada ushlandi: u firibgarlikda gumonlanmoqda

U fuqarolarning ishonchiga kirib, ularning mol-mulkini qo‘lga kiritgan.

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

265 mln so‘mlik zarar: Jizzaxda gazdan noqonuniy foydalanish holati aniqlandi

Fuqaro gaz hisoblagichining filtr qismidan rezina shlang orqali gaz tarmog‘iga ulangan.

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Toshkentda mebel sexi yondi: jabrlanganlar yo‘q

Hozirda hodisa sababi va zarar miqdori aniqlanmoqda.