0

Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaroni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamda IIVing Navoiy viloyati boshqarmalari tomonidan tezkor tadbir o‘tkazildi.

Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaroni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi

 

Fuqaro D.X. boshqa bir fuqaro N.ning qadr-qimmati va obro‘siga putur yetkazishi mumkin bo‘lgan fotosurat va videolarni internet ijtimoiy tarmoqlarida tarqatib yuborish bilan qo‘rqitgan.

 

Buning  evaziga undan tovlamachilik yo‘li bilan 30 million so‘m talab qilgan. Oqibatda, D.X. elektron to‘lov tizimi orqali tanishi D.ning plastik kartochkasiga 29,7 million so‘m o‘tkazgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.   

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 165-moddasi (tovlamachilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Eslatib o‘tamiz, bundan avval  Toshkentda Telegram'da soxta guruh ochib, odamlarni aldagan shaxslar aniqlangani va virtual firibgar qo‘lga olingani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, Facebook‘da Shavkat Mirziyoyev nomi bilan soxta akkaunt ochib firibgarlik qilgan shaxs aniqlangandi.

 

 

Cho‘lponoy Ahmedova

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaroni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atildi