0

Namanganda uyushgan guruh eshik qulfini buzib kirib do‘konni o‘mardi

Jinoyatning katta-kichigi bo'lmaydi. Uni sodir etganga jazo muqarrar. Namanganda do‘kon qulfini buzib, jinoyat sodir etgan uyushgun guruh a'zolari ham endi qonun oldida javob beradi.

Namanganda uyushgan guruh eshik qulfini buzib kirib do‘konni o‘mardi

 

 

Maʼlum qilinishicha, joriy yilning 12-oktabr kuni Namangan shahrida yashovchi, 1987-yilda tug‘ilgan fuqaro ariza bilan murojaat qilgan. Shu kunga o‘tar kechasi nomaʼlum shaxs mahallasida joylashgan savdo do‘koniga eshik qulfini kalit tanlash yo‘li bilan ochib kirgan.

 

Qayd etilishicha, do‘konda bo‘lgan umumiy narxi 1.200.000 so‘mlik 4 qop kartoshka va 4 yashik gazli  suvlarini o‘g‘irlab ketganini maʼlum qilib, chora ko‘rishni so‘ragan.

 

Namangan tumani IIB boshlig‘ining o‘rinbosari va JQB tezkor vakillari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv hamda surishtiruv harakatlari natijasida ushbu jinoyatni Namangan shahrida yashovchi 2000-yilda tug‘ilgan, Namangan shahar Davlatobod tumanida yashovchi, 1999-yilda tug‘ilgan Namangan shahrida yashovchi, 2003-yilda tug‘ilgan, Namangan shahrida ota-onasi qaramog‘ida yashovchi, 11-sinf o‘quvchisi, 2004-yilda tug‘ilgan va Namangan shahrida yashovchi, 2001-yilda tug‘ilgan fuqarolar sodir etgani maʼlum bo‘ldi.

 

Ushbu holat bo‘yicha 2021-yil 13-oktabr kuni Namangan shahar IIO FMB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

 

Avvalroq Toshkentda bankomatni buzib, ichidan 165 million so‘m o‘g‘irlagan shaxs ushlangani, Jizzaxda firibgar o‘z do‘stining 3500 AQSH dollarini o‘margani, ijtimoiy tarmoqlar orqali fuqaroni obro‘sizlantirmoqchi bo‘lgan shaxsga jinoiy ish qo‘zg‘atilgani haqida haqida xabar berilgandi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"

Namanganda uyushgan guruh eshik qulfini buzib kirib do‘konni o‘mardi