Jamiyat

Romitanda 118,3 million so‘m aliment mablag‘lari undirib berildi

Qayd etilishicha, qonun mohiyatini tushunib yetgan qarzdor S.Zoirov undiruvchi H.Kamalovaga 2026-yilning 1-iyunigacha bo‘lgan 45,5 million so‘mdan iborat  5 yillik aliment pullarini birdaniga to‘lab berdi.

Romitanda 118,3 million so‘m aliment mablag‘lari undirib berildi

 

 

Majburiy ijro byurosi Romitan tumani bo‘limida fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2013-yil 18-iyundagi sud qaroriga asosan qarzdor S.Zoirovdan undiruvchi H.Kamalova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun barcha daromadlarining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish ijro hujjati mavjud.

 

MIB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latovning Zamon.uz‘ga xabar qilishicha, shu sudning 2019-yil 25-martdagi qarori bilan qarzdor S.Zoirovdan undiruvchi H.Kamalova foydasiga aliment miqdori topgan daromadining 1/6 qismiga muvofiqlashtirilgan.

 

Taraflarga  Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabr kunidagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini taʼminlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari tushuntirildi va sud qaroriga ijro hujjatining ijro etish usuli va tartibi o‘zgartirildi.

 

Qayd etilishicha, qonun mohiyatini tushunib yetgan qarzdor S.Zoirov undiruvchi H.Kamalovaga 2026-yilning 1-iyunigacha bo‘lgan 45,5 million so‘mdan iborat  5 yillik aliment pullarini birdaniga to‘lab berdi.

 

Xuddi shunday, fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2021 yil 26 yanvardagi qaroriga asosan qarzdor U.Bekmurodovdan undiruvchi Sh.Hamroyeva foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun har oydagi ish haqi va boshqa daromadining 1/6 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Tushuntirishlar natijasida qarzdor va undiruvchi o‘rtasida alimentni pul mablag‘lari shaklida to‘lash to‘g‘risida kelishuvga erishildi va undiruvchiga 25,0 million so‘mdan iborat 3 yillik aliment pullari undirib berildi.

 

Maʼlum bo‘lishicha, bo‘limda fuqarolik ishlari bo‘yicha Romitan tumanlararo sudining 2012-yil 12-dekabrdagi sud qaroriga asosan qarzdor B.Rajabovdan undiruvchi N.Xudoyberdiyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandlarining moddiy taʼminoti uchun 9,5 million so‘m, qarzdor I.Avezovdan undiruvchi X.Xolova foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandining moddiy taʼminoti uchun 10,5 million so‘m aliment pullari undirib berildi.

 

Kogon tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha Kogon tumanlararo sudining qaroriga asosan qarzdor T.Sharopovdan undiruvchi Sh.Hojiyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun 22,8 million so‘m, Olot tumanida fuqarolik ishlari bo‘yicha Qorako‘l tumanlararo sudi qaroriga asosan qarzdor M.Rasulovdan undiruvchi G.Choriyeva foydasiga ikki nafar voyaga yetmagan farzandi moddiy taʼminoti uchun 5,0 million so‘m aliment pullari undirib berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, Farg‘onada 40 million so‘m aliment puli oldindan to‘lab berilgandi.

 

Bundan avval O‘zbekistonda qancha ayol aliment to‘lashi, bolalar onasiga nega olib berilgani, qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani, Jizzaxda MIB aralashuvi bilan yana bir oila yarashtirilgani, Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m hamda salkam 370 million so‘m aliment to‘lab bergani haqida xabar berilgandi.

Romitanda 118,3 million so‘m aliment mablag‘lari undirib berildi | Zamon.uz