Siyosat

"Bu bizning qum emas, qo‘shni davlatlardan kelgan. Lekin bu hodisa bizga saboq olish uchun yetarli bo‘lishi kerak" — Shavkat Mirziyoyev

Prezident O‘zbekistonda kuzatilgan qum bo‘ronlari haqida to‘xtaldi.

"Bu bizning qum emas, qo‘shni davlatlardan kelgan. Lekin bu hodisa bizga saboq olish uchun yetarli bo‘lishi kerak" — Shavkat Mirziyoyev

 

 

Ayni vaqtda Oliy Majlis Senatining yangi binosida Prezidentlikka saylangan Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi bo‘lib o‘tmoqda.

 

"Yurtimizda ekologik tahdidlarning salbiy taʼsiri ortib bormoqda. Buni kuni kecha sodir bo‘lgan qum bo‘ronlari ham yana bir bor tasdiqladi. Orol dengizining qurishi bilan bog‘liq vaziyat tobora keskin tus olmoqda.

Shu borada biz Orolbo‘yini ekologik innovatsiyalar va texnologiyalar hududi sifatida eʼlon qilish bo‘yicha Birlashgan Millatlar Tashkiloti Bosh Assambleyasining rezolyutsiyasini hayotga tatbiq etishga doir tizimli va kompleks chora-tadbirlarni amalga oshirishimiz lozim. 

Shuningdek, Birlashgan Millatlar Tashkilotining yangi ekologik siyosati asoslarini tashkil etishga qaratilgan Butunjahon ekologiya xartiyasini ishlab chiqish borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish kerak", — dedi davlatimiz rahbari.

 

Eslatib o‘tamiz, Shavkat Mirziyoyev qonuniy faoliyat yuritayotgan barcha jurnalist va blogerlar bundan buyon ham qonun va Prezident himoyasida hamda "quruq va yolg‘on gaplar, tagi puch raqamlar – bu faqat o‘zimizni aldash bo‘ladi", deya taʼkidlagandi.

 

Avvalroq Shavkat Mirziyoyev 2025 yilgacha oliy toifali o‘qituvchi va shifokorlar oyligi 1000 dollar bo‘lishi, O‘zbekiston Prezidenti sifatida qasamyod qilgani hamda inauguratsiyasi sanasi maʼlum bo‘lgani haqida xabar berilgandi.

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Xalqaro ishonch: O‘zbekiston BMT kongressiga mezbonlik qiladi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida o‘tkazilgan Jinoyatchilikning oldini olish va jinoiy odil sudlov bo‘yicha 15-kongressida ishtirok etdi.

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva Abu-Dabida BAA Prezidenti bilan uchrashdi

Tomonlar savdo-iqtisodiy hamkorlikni kengaytirish va sun’iy intellekt sohasidagi istiqbollarni muhokama qildi.

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

Qozog‘istondagi harbiylar halokati: Mirziyoyev Toqayevga hamdardlik yo‘lladi

O‘zbekiston Prezidenti Kaspiy dengizidagi mashg‘ulotlarda halok bo‘lgan harbiylarning oila a’zolari va yaqinlariga sabr-toqat tiladi.

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

C5+1 uchrashuvi Samarqandda: Marko Rubio O‘zbekistonga keladi

AQSH Davlat kotibi 100 dan ortiq Amerika kompaniyasi vakillaridan iborat delegatsiyaga boshchilik qiladi.

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Shavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildi

Tomonlar o‘rtasida infratuzilma, investitsiya va “yashil” sanoat yo‘nalishlaridagi hamkorlikni kengaytirish masalalari ko‘rib chiqildi.

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

Shavkat Mirziyoyev Kobaxidzeni tavallud kuni bilan tabrikladi

O‘zbekiston va Gruziya Poti va Anakliya portlari infratuzilmasidan samarali foydalanish orqali transport aloqalarini rivojlantirishni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva JST bosh direktori bilan uchrashdi

Uchrashuvda O‘zbekistonning tashkilotga a’zo bo‘lish jarayoni va oldinda turgan yakuniy vazifalarni muhokama qildi.

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Saida Mirziyoyeva “BlackRock” rahbariyati bilan uchrashdi

Uchrashuvda 2027-yilda Toshkent xalqaro moliya markazi faoliyatini yo‘lga qo‘yish masalasini muhokama qildi.

"Bu bizning qum emas, qo‘shni davlatlardan kelgan. Lekin bu hodisa bizga saboq olish uchun yetarli bo‘lishi kerak" — Shavkat Mirziyoyev | Zamon.uz