Jamiyat

Xususiy korxonadan fuqaro foydasiga 2 milliard 700 million so‘m undirib berildi

Hozirda mazkur ijro ishi tamomlangan.

Xususiy korxonadan fuqaro foydasiga 2 milliard 700 million so‘m undirib berildi

 

MIB Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Farrux Toshpo‘latovning Zamon.uz‘ga maʼlum qilishicha, byuroning Uchtepa tuman bo‘limi ish yurituvidagi Toshkent shahar sudi FIB sudlov hayʼatining 11 iyundagi ijro varaqasiga asosan qarzdor korxonadan fuqaro S.Akramova foydasiga 2 milliard 786 million 381 ming 423 so‘m undirish belgilangan.

 

Qayd etilishicha, ijro hujjati 15 iyunda bo‘lim davlat ijrochisi T.Trofimov ish yurituviga kelib tushgan. Ijro harakatlari davomida 19 iyulda davlat ijrochisi tomonidan qarzdordan undiruvchi fuqaro foydasiga to‘lanishi lozim bo‘lgan 2 milliard 786 million 381 ming 423 so‘m pul mablag‘i to‘liq undirib berildi.

 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘onada 40 million so‘m aliment puli oldindan to‘lab berilgani, qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani, Jizzaxda MIB aralashuvi bilan yana bir oila yarashtirilgani, Samarqandda qarzdor ota farzandlariga 260 million so‘m hamda salkam 370 million so‘m aliment to‘lab bergani haqida xabar berilgandi.

Xususiy korxonadan fuqaro foydasiga 2 milliard 700 million so‘m undirib berildi | Zamon.uz