Toshkentda “Matiz” haydovchisi piyodani urib yubordi
Oqibatda 39 yoshli piyoda shifoxonada vafot etdi.

Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabariga ko‘ra, 2021-yil 24-noyabr kuni taxminan soat 00:40 da Sergeli tumani Toshkent xalqa avtomobil yo‘lida ayanchli YTH sodir bo‘ldi. “Matiz” avtomobilini ishonchnoma asosida boshqargan 1998-yilda tug‘ilgan D.I. yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan K.Sh.ni urib yuborgan.
Yo‘l transport hodisasi oqibatida piyoda 1982-yilda tug‘ilgan K.Sh. tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Biroq shifokorlarning saʼy-harakatlariga qaramay, u hayotdan ko‘z yumgan.
Mazkur holat asosida Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.
Hozirda tergov harakatlari davom etmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Toshkentda “Spark” haydovchisi piyodani urib yuborgandi. Avvalroq Qashqadaryoda “Cobalt” “Lacetti” bilan to‘qnashib ag‘darilib ketgani, Sirdaryoda uxlab qolgan yuk mashinasi haydovchisi YTH oqibatida vafot etgani, Samarqand va Surxondaryoda sodir bo‘lgan avtohalokatda to‘rt kishi hamda haydovchining uxlab qolishi oqibatida yo‘lovchi halok bo‘lgani haqida xabar berilgandi.
Shirin Xolmatova







