Jamiyat

Toshkentda “valyutafurush” 5 ming dollarga yaqin pulni noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘ldi

U 51,8 million so‘mga sotgan vaqtida ushlandi.

Toshkentda “valyutafurush” 5 ming dollarga yaqin pulni noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘ldi

 

Toshkent tumanida valyuta qimmatliklarining noqonuniy muomalaga kiritilishining oldi olindi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar berdi.

 

Departamentning Qibray tuman bo‘limi tomonidan DXX va viloyat IIBB xodimlari bilan hamkorlikda tezkor tadbir o‘tkazildi.

 

Maʼlum qilinishicha, fuqaro A.A. Toshkent tumani hududida joylashgan kiyim-kechak savdo bozori hududida noqonuniy valyuta oldi-sotdisi bilan shug‘ullanib kelgan. U  o‘zining yashash uyda fuqaro S.ga jami 4 ming 800 AQSH dollarini 51,8 million so‘mga sotgan vaqtida qo‘lga olindi.

 

Shuningdek, o‘tkazilgan tadbir davomida 15 383 AQSH dollari, 264 ming Qozoq tengesi, 89 ming Rossiya rubli va 414,3 million so‘m ashyoviy dalil sifatida olingan.

 

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 177-moddasi (valyuta qimmatliklarini qonunga xilof ravishda olish yoki o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

 

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

 

Eslatib o‘tamiz, qonunni buzgan valyutafurushning “bozori” o‘xshamagandi.

 

Avvalroq Namanganda soxta dollar bilan ikki fuqaro qo‘lga olingani, davlat xaridlariga oid qonunbuzilish holatlari aniqlangani hamda Navoiyda XIX asrga tegishli tanga va qog‘oz kupyuralarni xorijga olib chiqib ketayotgan shaxslar aniqlani haqida xabar berilgandi.

Toshkentda “valyutafurush” 5 ming dollarga yaqin pulni noqonuniy muomalaga kiritmoqchi bo‘ldi | Zamon.uz