Unga ko‘ra:
-
moddiy madaniy meros obyektlari davlat reyestri, elektron katalogi, pasporti va davlat kadastrini yuritish;
-
moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obyektlarida asrashga doir ishlarni amalga oshirish, buyurtmachi funksiyasini bajarish;
-
milliy muzey fondining davlat katalogini yuritish;
-
tarixiy-madaniy hududlarni muhofaza qilish;
-
arxeologiya tadqiqotlarini qo‘llab-quvvatlash, arxeologiya merosi obyektlarini muhofaza qilish;
-
madaniy boyliklarni muhofaza qilish, shu jumladan ularning O‘zbekiston hududidan olib chiqilishi va uning hududiga olib kirilishi bo‘yicha sertifikat berish va boshqalar.
Madaniy meros agentligi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi, unda quyidagilar nazarda tutiladi:
-
agentlikning huquqiy maqomi, tuzilmasi, asosiy vazifalari va funksiyalari;
-
faoliyatini tashkil etish tartibi;
-
agentlikning huquqlari va javobgarligi, o‘z tarkibiy bo‘linmalari hamda boshqa tashkilotlar bilan o‘zaro hamkorlik qilishi;
-
agentlik rahbarlarining funksional vazifalari va javobgarligi;
-
agentlik faoliyati samaradorligini baholash mezonlari;
-
agentlik faoliyatini moliyalashtirish va moddiy-texnik taʼminlash, uning xodimlari mehnatiga haq to‘lash va ularni moddiy rag‘batlantirish.
Agentlik moddiy madaniy meros, muzeylar, arxeologiya, madaniy boyliklarning olib chiqilishi va olib kirilishi sohasida maxsus vakolatli davlat boshqaruvi organi hisoblanadi.
Ushbu agentlikning o‘z vakolatlari doirasida qabul qilgan qarorlari davlat boshqaruvi organlari va xo‘jalik birlashmalari, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, boshqa tashkilotlar va ularning mansabdor shaxslari, shuningdek fuqarolar tomonidan bajarilishi majburiy hisoblanadi.
Madaniyat sohasidagi NHHlar loyihalari hamda moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlari joylashgan aholi punktlarining bosh rejalari agentlik bilan kelishilishi shart.
Bundan tashqari, Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan tarixiy-madaniy hududlarda moddiy madaniy meros ko‘chmas mulk obyektlarini, shuningdek alohida muhofaza qilinadigan tarixiy-madaniy hududlarda obyektlarni qurish va ularni buzish, obodonlashtirish ishlari bo‘yicha loyihalar majburiy tartibda agentlik bilan kelishiladi. Bunda Umumjahon merosi ro‘yxatiga kiritilgan hududlar (obyektlar) loyihalari YUNESKO ishlari bo‘yicha milliy komissiya orqali YUNESKO Umumjahon merosi markazi bilan kelishiladi.
Avvalroq YUNESKOga kirgan baʼzi madaniy obyektlar ro‘yxatdan chiqarilishi mumkinligi, O‘zbekistonda ilk bor - mamlakatning madaniy merosiga bag‘ishlangan "Badiiy atamalar lug‘ati" uch tilda taqdim etilgani hamda Buxorodagi “Abdullaxon” madrasasi devorining o‘pirilib tushgani yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgani haqida xabar berilgandi.


