Eng dolzarb

Turkmanistonda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi

Xabaringiz bor, 2021-yil 24-oktabr kuni O‘zbekiston prezidenti saylovi bo‘lib o‘tadi. O‘zbekistonning Turkmanistondagi elchixonasida O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing bo‘lib o‘tdi. Bu haqda “Dunyo” AA xabar berdi.

Turkmanistonda O‘zbekiston Prezidenti sayloviga bag‘ishlangan brifing tashkil etildi

 

Тadbirda Ashxobod shahrida akkreditatsiyadan o‘tgan diplomatik missiyalar rahbarlari va xodimlari, Turkmaniston jamoatchiligi va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi. Unda 24-oktabr kuni bo‘lib o‘tadigan O‘zbekiston Prezidenti sayloviga tayyorgarlikning so‘nggi bosqichi haqida maʼlumot berildi.

 

Saylovlarning demokratik norma va standartlarga mos o‘tkazilishini taʼminlash uchun Yevropada xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining demokratik institutlar va inson huquqlari bo‘yicha byurosi missiyasi hamda 400 dan ziyod xorijiy kuzatuvchi taklif etilgani qayd etildi. Shuningdek, saylovlarni yoritish uchun xorijiy ommaviy axborot vositalarining 200 dan ortiq vakili akkreditatsiyadan o‘tgani taʼkidlandi.

 

Taʼkidlanishicha, xorijda yashayotgan vatandoshlar uchun qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida O‘zbekistonning diplomatiya muassasalari huzurida 54 ta saylov uchastkasi tashkil etildi. 

 

Maʼlumot uchun: xorijdagi saylovchilar elektron ro‘yxatini tuzish uchun maxsus sayt ishga tushgan. O‘zbekistonning diplomatik vakolatxonalari faoliyat ko‘rsatadigan 37 mamlakatda 54 ta statsionar saylov uchastkalari tashkil etish rejalashtirilgan. 

 

Eslatib o‘tamiz, 14-20 oktabr kunlari prezident saylovida muddatidan oldin ovoz berish o‘tkaziladi. Muddatidan oldin ovoz berish uchun saylovchi sababini ko‘rsatgan holda tegishli saylov uchastkasiga ariza bilan murojaat qiladi. 

 

Avvalroq Islom hamkorlik tashkiloti kuzatuvchilar missiyasi O‘zbekistonga kelganiBuyuk BritaniyaMalayziyaPokiston va Niderlandiyada muddatidan oldin ovoz berish jarayoni boshlangan xabar qilingandi.

custom img

Bokuda “OIC Madaniy Festivali: Baku Creative Week – 2025” ning rasmiy ochilish marosimi bo'lib o'tmoqda

Tadbirda 50 dan ortiq davlat delegatsiyalari, jumladan, O‘zbekiston vakillari ishtirok etmoqda.

custom img

O‘zbekiston Jenevada ekologik baholash bo‘yicha xalqaro yig‘ilishda ishtirok etmoqda

Xalqaro muzokaralarda O‘zbekiston ekologik islohotlar, SEB va AMTB bo‘yicha yangi mexanizmlarni joriy etish, shuningdek ekologik jarayonlarda sun’iy intellektdan foydalanish masalalarini muhokama qilmoqda.

custom img

Rossiya–O‘zbekiston hamkorligida yangi bosqich: “O‘zmetkombinat” va PNIPU o‘rtasida muhandislik ta’limi bo‘yicha memorandum imzolandi

Memorandum doirasida “O‘zmetkombinat” xodimlari uchun 500 ta maxsus grant ajratilishi belgilandi.

custom img

OAV erkinligi demokratiyaning ustuni — Timoti Smart

Zamon.uz muxbiri Buyuk Britaniyaning O‘zbekistondagi elchisidan mamlakatdagi jurnalistlar va so‘z erkinligi haqidagi fikrlariga qiziqdi.

custom img

Rossiya olimlari Sibir daryolarini O‘zbekistonga yo‘naltirish imkoniyatlarini o‘rganmoqda

Qiymati 100 milliard dollardan oshishi mumkin bo‘lgan loyiha yettita yirik quvur liniyasini o‘z ichiga oladi.

custom img

Markaziy Osiyoda bolalar o‘limi bo‘yicha yetakchi davlat aniqlandi

Mintaqadagi aksariyat davlatlarda o‘g‘il bolalar o‘limi qizlarga nisbatan yuqori bo‘lib qolmoqda.

custom img

O'zbekiston "Qiyomat kuni ombori"ga 20 dan ortiq ekin urug'ini topshirdi

Butunjahon urugʻ ombori tabiiy ofatlar, global mojarolar, moliyaviy inqirozlar yoki texnologik nosozliklar kabi global tahdidlar ostida ham oʻsimlik turlarining yoʻqolib ketish xavfini minimallashtiradigan muhim xalqaro tashabbus hisoblanadi.

custom img

Samarqandda YUNESKO Milliy komissiyalarining 12-yillik yig‘ilishi boshlandi

Kun tartibida 4 asosiy yo‘nalishdagi masalalar ko‘rib chiqiladi.

Shahodatnoma: №1346 Berilgan sana: 28.05.2020

G'oya muallifi: Firdavs Fridunovich Abduxalikov

Asoschisi: "Master Media Production and Broadcast"