Jamiyat

Urganchlik ota besh yillik aliment pulini birdaniga to‘lab berdi

Qarzdorga nisbatan qo‘llanilgan cheklov va taqiqlar to‘liq bekor qilingan.

Urganchlik ota besh yillik aliment pulini birdaniga to‘lab berdi

 

Xorazm viloyati Urganch tumanida yashovchi fuqaro Sh.U. farzandlari taʼminoti uchun  69,2 million so‘m mablag‘ni to‘lab berdi. Bu haqda Zamon.uz‘ga MIB axborot xizmati rahbari Farrux Toshpo‘latov maʼlum qildi.

 

Fuqarolik ishlari bo‘yicha Urganch tumanlararo sudining 20-fevral 2019-yildagi ijro hujjatiga asosan, Sh.U. Q.Sh.ning foydasiga bir nafar voyaga yetmagan farzandi taʼminoti uchun daromadining 1/4 qismi miqdorida aliment undirish belgilangan.

 

Qarzdor otaga Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 6-oktabr kunidagi 808-sonli qarori bilan tasdiqlangan “Alimentlarni oldindan to‘lash, shuningdek aliment to‘lash majburiyatini taʼminlash bo‘yicha garov shartnomasini tuzish tartibi to‘g‘risida Nizom” talablari tushuntirildi.


Shundan so‘ng qonun mazmun-mohiyatini tushunib yetgan ota ijro hujjati bo‘yicha aliment undiruvchiga 2021-yil noyabr oyidan 2026-yil oktabr oyigacha bo‘lgan 5 yillik — 69,2 million so‘m aliment pullarini qoplab berdi.


Undiruvchining arizasiga asosan ijro hujjati bo‘yicha majburiy ijro harakatlari to‘xtatilib, ijro hujjati tamomlash to‘g‘risida qaror qabul qilingan.

 

Eslatib o‘tamiz, farzandlaridan qarzdor ota unutgan burchini sud zalida anglab yetgandi.

 

Avvalroq ota farzandi uchun salkam 370 million so‘m aliment to‘lagani, qarzdor ota aliment to‘lovi o‘rniga farzandlariga uy bergani, aliment to‘lamagan 11 nafar ota qamoqqa olingani, Jalaquduqda erdan xotini foydasiga 75,5 million so‘m undirib berilgani hamda qo‘qonlik ota ikki farzandi uchun aliment o‘rniga xonadon va “Nexia” avtomashinasini bergani haqida xabar berilgandi.

Urganchlik ota besh yillik aliment pulini birdaniga to‘lab berdi | Zamon.uz